Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda havo harorati biroz pasayadi
Ertaga, 3 iyul kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5 iyul kunlari esa respublikaning barcha hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha pasayadi.
Ertaga, 3 iyul O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 4-5 iyul kunlari esa respublikaning barcha hududlariga Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi natijasida kunduzgi havo harorati 30-35 darajagacha pasayadi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 3-5 iyulda front kirib kelishi hisobiga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi mumkin.
3 iyul Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 3-4 iyul kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlarida, 4-5 iyulda esa Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hamda Farg‘ona vodiysida ayrim joylarda shamol kuchayishi 25-28 m/s ga yetishi mumkin.