O‘zbekiston | 15:06 / 04.07.2022
27327
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonga Volga bo‘yi hududlaridan salqin va nam havo massasi kirib kelishi hisobiga 5 iyuldan boshlab barcha hududlarda havo harorati +30 darajagacha pasayadi. Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

O‘zbekiston bo‘yicha yangi hafta uchun ob-havo prognozi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 4 iyul kuni kechqurun Toshkent viloyati bo‘yicha momaqaldiroq bilan biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Seshanba kuni havo massasi kirib kelishi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Toshkent va Namangan viloyatlarida, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi 30-35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

4–5 iyul kunlari front o‘tishida ba’zi joylarda chang-to‘zonlari bilan shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Respublikaning ayrim joylarida shamol 23-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

6 iyuldan 8 iyulgacha O‘zbekiston bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda 6-7 iyul kunlari qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechalari 17-22 daraja, kunduz kunlari 30-35 daraja atrofida, janubda 37-39 darajagacha bo‘ladi.

Mavzuga oid