Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pochettino «PSJ»dan iste’foga chiqarildi
«PSJ» klubi jamoa bosh murabbiyi Maurisio Pochettino iste’foga chiqarilgani haqida rasman ma’lum qildi.
«Klubimiz jamoa bosh murabbiyi Pochettino bilan hamkorlikni to‘xtatganini tasdiqlaydi. Maurisio va uning shtabiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz va keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz», - deyiladi Parij klubi bayonotida.
Pochettino 2021 yilning yanvar oyida Tomas Tuxel o‘rniga «PSJ» bosh murabbiyiga aylangandi. Argentinalik 50 yoshli mutaxassis qo‘l ostida «PSJ» Fransiya chempioni va kubogi sohibi hamda mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritdi. Kelishuv bekor qilingani uchun murabbiyga 15 million yevro tovon puli to‘lanishi kutilmoqda.
Avvalroq, klubning yangi bosh murabbiyi etib Kristof Galte tayinlanishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
09:23 / 18.07.2026
Fedorov iste’fosi Ukrainada ommaviy noroziliklarga sabab bo‘ldi
08:58 / 16.07.2026
Ukrainada yangi bosh vazir tayinlanishi kutilmoqda
20:02 / 14.07.2026
Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi
20:14 / 11.06.2026