Toshkentda Hyundai urib yuborgan piyodani Toyota bosib ketdi
Oqibatda, jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Toshkent shahar IIBB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yilning 5 iyul kuni soat taxminan 00:05 larda Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Haydovchi Z.Yu. Hyundai mashinasida harakatlanib, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Piyoda yiqilgan va Hyundai bilan bir yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan, haydovchi M.X. boshqaruvidagi Toyota mashinasi tagida qolib ketgan.
Oqibatda 1980 yilda tug‘ilgan V.S. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkentda oraliq masofa saqlamagan Nexia-3 avtobusga urilishi oqibatida haydovchi vafot etgandi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024