Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishki sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etiladi
“2026 yil Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2026 yil Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash dasturi, tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar va tayyorgarlik ko‘ruvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalari kontingenti tasdiqlandi.
Dastur doirasida quyidagilar tashkil etiladi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida zamonaviy muz saroyi; Toshkent viloyatida qishki sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari uchun 60 o‘ringa mo‘ljallangan Olimpiya tayyorgarlik markazi; Toshkent shahrida Qishki sport turlari bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan sport maktabi.
2023 yildan har yili qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari (respublika sport musobaqalari, xalqaro sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, Osiyo hamda Jahon chempionatlari va kuboklari) uchun 15 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.
Qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari qonunchilikda ko‘rsatilgan miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Quyidagi hududlar tegishli sport turlariga ixtisoslashtiriladi: Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri – figurali uchish, xokkey, short-trek, kyorling, paraxokkey, parakyorling sport turlariga; Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining tog‘li hududlari – tog‘ chang‘isi, snoubord, fristayl, ski-alpinizm, paratog‘ chang‘isi, parasnoubordga.
Mavzuga oid
19:13 / 07.04.2026
Futbol bo‘yicha Superliga o‘yinlari soat 19:00 dan keyin belgilanishi mumkin
19:12 / 07.04.2026
Oliy sport mahorati maktablari o‘rniga «Olimpiya terma jamoalari markazi» tashkil qilinadi
18:34 / 07.04.2026
Ishchilarining sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi
18:32 / 07.04.2026