Samarqandda 18 yoshli qiz o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi
Qizning bu qarorga kelishiga oilaviy muhitning nosog‘lomligi sabab bo‘lgan.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 iyul kuni soat 15:03 larda Samarqand shahar Milliy gvardiya qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘riqlanayotgan Zarafshon daryosi ustidagi toifalangan ko‘prikda 18 yoshli qiz noma’lum sabablarga ko‘ra o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lgan.
Holatni Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimlari ko‘rib qolib, zudlik bilan qizni ushlab qolishga erishishgan va noxush holatning oldi olingan. Ma’lum bo‘lishicha qizning bu qarorga kelishiga oilaviy muhitning nosog‘lomligi sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan hududiy ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024