O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tarilishi kutilmoqda
Kelayotgan besh kun ichida havo harorati asta qizib boradi.
“O‘zgidromet” 14-17 iyul kunlari uchun kutilayotgan kelgusi besh kunlik ob-havo prognozini e’lon qildi.
Gidrometeorologiya markazi xodimi Erkin Abdulahatovning ma’lum qilishicha, kundan kunga harorat ko‘tarilib boradi.
Xususan, 17 iyul kuniga borib, vodiy viloyatlarida ham harorat maksimumlari 41 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Boshqa hududlar, xususan, cho‘l va janub hududlarda haroratlarning 43 daraja issiqqa yetishi 15 iyuldan boshlab kuzatiladi.
«Bir so‘z bilan aytganda, 17 iyuldan so‘ng kunlar yanada qizishi mumkin. Chunki, shimol Rossiyada kelgusi besh kunlik uchun bu issiq va past bosimli sohani mintaqadan «surib haydab yuboradigan» kuchga ega sovuq antitsiklon oqimlari rivojlanishi uchun vaziyat mavjud emas», deydi Erkin Abdulahatov.
Ta’kidlanishicha, bu mintaqadagi issiq havo to‘lqinini yanada kuchaytirib, termik depressiya jarayoniga aylantirib yuborishini anglatadi.
Mavzuga oid
15:29 / 06.01.2025
Hafta davomida harorat pasayishi, yomg‘ir va qor kutilmoqda
10:40 / 06.01.2025
7 yanvar kuni qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
15:13 / 05.01.2025
Ertaga vodiy viloyatlarida qor va yomg‘ir yog‘ishi mumkin
11:03 / 04.01.2025