O‘zbekiston | 12:03 / 13.07.2022
35164
2 daqiqa o‘qiladi

Qarzdorlik mavjud transportlar statsionar postlarda to‘xtatiladi

Hukumat qarori bilan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida “Yashil” va “Qizil” yo‘lak tamoyili asosida harakatlanish tartibini joriy etish to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, transport vositalari harakati foto va video qayd etish qurilmalari orqali qayd qilinib, haydovchilarga yorug‘lik diodli ekran orqali ishora berish yo‘li bilan tartibga solinadi.

Qayd etilishicha, ekranda aks ettirilmagan yoki “Yashil” yo‘lak bo‘ylab harakatlanish haqida ishora berilgan transportlar “Yashil” yo‘lak bo‘ylab to‘siqsiz harakatlanadi.

“Qizil” yo‘lakdan harakatlanishi buyurilgan transport vositalari bo‘yicha harakat qatnashchilari hujjatlari elektron ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda tekshiriladi. Aniqlangan qarzdorliklar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ular harakatini davom ettirishiga ruxsat beriladi.

Qarzdorlik to‘lanmagan hollarda transport vositalari maxsus to‘xtash joylariga joylashtiriladi. Qarzdorlik aniqlangan transportlarga bir nechta hollarda, qarzdorlikka asos bo‘lgan qoidabuzarlik yuzasidan sudga murojaat qilinganda yoki ish sudda ko‘rilayotganda harakatni davom ettirishga ruxsat beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid