Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi muzeyda 70 ta noyob eksponat qalbakilashtirilgani aniqlandi
Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi, Bosh prokuratura hamda Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘rganish ishlari olib borildi. Unga ko‘ra muzeyda qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Ishchi guruh tomonidan o‘rganishda muzeyda saqlanayotgan umumiy bahosi 2,5 mlrd so‘mlik 70 ta noyob eksponatlar (ulardan 56 tasi rang-tasvir asarlari) qalbakilashtirilgani, muzeyni kapital ta’mirlash uchun budjetdan ajratilgan 3,1 mlrd so‘m mablag‘ning 1,4 mlrd so‘mi mansabdor shaxslar tomonidan talon-toroj qilingani aniqlandi.
Shuningdek, muzeyda saqlanishi lozim bo‘lgan 1 dona rang-tasvir va 1 dona grafika asari topilmagan.
2011 yilda muzey tomonidan Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga jami 21 nomdagi ashyolar berilgan. Ulardan 14 nomdagi ashyolar 2016-2020 yillar davomida muzeyga qaytarilgan, ammo qolgan 7 dona rang-tasvir asari qaytarilmagan. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ushbu 7 dona rang-tasvir asarlari mavjud emasligi aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026