O‘zbekiston | 21:31 / 14.07.2022
29518
1 daqiqa o‘qiladi

Hayotning “tikanli kovul”ini terayotgan qishloq ayollari | “Manzil”

Olis hududlardagi qahramonlarni ko‘rsatar ekanmiz, bu gal qishloq ayollarning hayoti va mashaqqatli mehnatini olib chiqishga qaror qildik. “Manzil” loyihasi Namangan viloyatining Chust tumani adirlarida kovul deb ataluvchi tikanli o‘simlik mevalarini terayotgan ayollarni sizga tanishtiradi.

Ayollar orasidan Chinora Abdiyevaning hayoti ham shu tikanli kovulga o‘xshaydi. Kovul qancha tikani bo‘lmasin, kerakli o‘simlik, qahramonimiz ham oilasiga, yaqinlariga, shu jamiyatga qanchalik kerakli inson bo‘lmasin, mana 23 yil bo‘libdiki, O‘zbekiston fuqaroligini ololmagan.

Videoni ko‘rib o‘zingiz xulosa chiqarasiz, degan umiddamiz.

Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.

Mavzuga oid