Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanmoqda
2022 yil 18 iyuldan Rossiyaning Moskva, Qozon va Sankt-Peterburg shaharlariga muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi.
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur yo‘nalishlarda qatnovlar Uzautotrans service korxonasining Yutong rusumli avtobuslarida amalga oshiriladi.
18 iyuldan boshlab, haftaning dushanba va payshanba kunlari “Toshkent” avtovokzalidan soat 12:00 da Toshkent–Moskva yo‘nalishida qatnovlar amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalishda chipta narxi –1 000 000 so‘m.
Toshkent–Qozon yo‘nalishida qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 11:00 da harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi – 800 000 so‘m.
Toshkent–Sankt-Peterburg yo‘nalishida qatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari bajariladi. Avtobuslar “Toshkent” avtovokzalidan soat 16:00 da yo‘nalish bo‘ylab harakatlanishni boshlaydi. Chipta narxi – 1 250 000 so‘m.
Mavzuga oid
17:45
Farg‘ona shahriga Xitoydan 24 ta avtobus olib kelindi
16:13
Rossiya va Ukraina 2026 yilda ilk bor halok bo‘lganlar jasadlarini almashdi
14:18
Strasburgda Rossiya demokratik kuchlari platformasining ilk yig‘ilishi o‘tkazildi
12:21