Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev 21 iyul kuni Qirg‘izistonga boradi
O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitida ishtirok etadi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 21 iyul kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahriga tashrif buyuradi.
Qirg‘iziston raisligida o‘tadigan sammit ishida Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Mintaqa mamlakatlari yetakchilarining uchrashuvi kun tartibidan turli yo‘nalishlarda, shu jumladan savdo, transport va logistika, sanoat kooperatsiyasi, innovatsiyalar, oziq-ovqat xavfsizligi, turizm, madaniy-gumanitar almashinuv sohalarida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Alohida e’tibor Markaziy Osiyoning barqarorligi va izchil taraqqiyotiga zamonaviy tahdid va xatarlarga birgalikda qarshi turish borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratiladi.
Sammit yakunida bir qator muhim ko‘p tomonlama hujjatlar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi.
Mintaqa yetakchilarining birinchi sammiti 2018 yil mart oyida Nur-Sulton shahrida, ikkinchisi 2019 yil noyabrda Toshkent shahrida, uchinchisi 2021 yilning avgust oyida Turkmanistondagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
19:17 / 26.08.2025
Iordaniya podshohining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi
14:58 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
17:38 / 25.12.2024
Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
15:59 / 25.12.2024