Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lanka parlamenti norozilik namoyishlari fonida yangi prezidentni sayladi
Misli ko‘rilmagan inqirozga yuz tutgan Shri-Lanka prezidentni sayladi. Avvalgi davlat rahbari mamlakatdan qochib ketdi, biroq uning partiyasi yangi yetakchini qo‘llab-quvvatladi.
Misli ko‘rilmagan iqtisodiy inqirozga yuz tutgan Shri-Lanka yangi prezident, sobiq bosh vazir Ranil Vikramasingeni sayladi. Sobiq prezident norozilik namoyishlari tufayli mamlakatni tark etdi, biroq aynan uning partiyasi yangi rahbarni qo‘llab-quvvatladi.
Shri-Lanka parlamenti 20 iyul, chorshanba kuni sobiq yetakchi Gotabaya Rajapaksa o‘tgan hafta mamlakatni tark etganidan beri davlat rahbari vazifasini bajaruvchi Ranil Vikramasingxeni mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.
Vikramasingxe 134 ovoz, uning eng yaqin raqibi Dulla Allaxaperuma 82 ovoz oldi. Parlament oldida chiqish qilgan saylangan prezident raqibni mamlakatni inqirozdan olib chiqish uchun birgalikda harakat qilishga chaqirdi. «Birinchi vazifa - Xalqaro valuta jamg‘armasi bilan moliyaviy yordam bo‘yicha kelishish», dedi u.
22 million kishi istiqomat qiluvchi Shri-Lankada oziq-ovqat, yonilg‘i va dori-darmon yetkazib berishda uzilishlar kuzatilmoqda, inflatsiya rekordlarni yangilamoqda. Mamlakatda misli ko‘rilmagan inqiroz fonida norozilik namoyishlari boshlandi. 9 iyul kuni olomon prezident Rajapaksa qarorgohiga bostirib kirdi. Keyinchalik u mamlakatdan qochib ketdi va davlat boshlig‘i vazifalarini bosh vazir Vikramasingxe o‘z zimmasiga oldi. U mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi va komendantlik soati joriy qildi.
Saylovlarda Vikramasingxe eng yirik partiya, qochib ketgan prezident Gotabaya Rajapaksaning partiyasi bo‘lgan SLPP tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. To‘rt aka-uka Rajapaksa klani mamlakatdagi siyosatni so‘nggi 20 yil davomida nazorat qilib kelgan va namoyishchilar saylov natijalaridan qoniqmagan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
23:56 / 27.04.2026
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
20:40 / 05.03.2026
Eron fregati cho‘ktirilishi. Kamida 87 kishi halok bo‘lgan
17:30 / 04.03.2026
AQSh Shri-Lanka sohillari yaqinida Eron kemasiga zarba berdi (video)
19:20 / 30.11.2025