O‘zbekiston | 07:38 / 21.07.2022
4614
2 daqiqa o‘qiladi
Ayrim kasalliklari mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi
O‘zbekistonda ayrim kasalliklar mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Quyidagi kasalliklar mavjud bolalar uchun bog‘cha puli to‘lanmaydi:
- nutqidagi og‘ir nuqsonlar (rinolaliya, duduqlanish, bolalar afaziyasi, ruhiy-nutqiy rivojlanishda orqada qolish);
- eshitishdagi og‘ir nuqsonlar (II — IV darajadagi karlik);
- ko‘rishdagi og‘ir nuqsonlar (ko‘zi ojizlar, bir ko‘zi soqqasi yo‘qligi (anoftalm), ambliopiya va g‘ilay bo‘lgan zaif ko‘radiganlar);
- tayanch-harakatlanishidagi nuqsonlar;
- psixik rivojlanishda orqada qolish (aqliy orqada qolish (aqliy faoliyatining orqada qolishi va aqliy zaiflikning yengil darajasi);
- murakkab nuqsonlar (rivojlanishda ikki va undan ortiq nuqsonlar mavjudligi);
- sil kasalligining ilk ko‘rinishi (sil kasalligi bilan kasallangan bemor bilan bir oiladan (xo‘jalikdan) bo‘lib aloqada bo‘lganlar, tubviraj), shuningdek sil kasalligidan keyingi tiklash davri.
Mavzuga oid
16:29 / 16.09.2024
Shishgan, qizargan, yiringlagan ko‘zlar – kon’yunktivitni qanday davolash mumkin?
07:55 / 09.07.2024
Andijonda qoramollarda yangi kasallik turi aniqlangani rad etildi
13:11 / 03.06.2024
Toshkentda ayol qo‘shnisiga kuch ishlatib, sochidan sudragan shaxs ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga joylashtirildi
12:11 / 29.05.2024