Oliy ta’limda olingan diplom dublikatini berish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarning dublikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Ta’lim tashkilotini tamomlagan, ma’lumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.
Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega. Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani elektron to‘ldiradi.
Ariza beruvchi so‘rovnomani YaIDXP orqali to‘ldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi. Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari (300 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘imni to‘lamaslik xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.
Co‘rovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi. Ariza beruvchi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun to‘lovlarni ariza beruvchi to‘laydi.
Mavzuga oid
14:36 / 21.08.2023
«Soxta diplom tufayli obro‘yim bir pul bo‘lgandi» – sobiq IIB xodimining tazarrulari
13:08 / 04.11.2022
Jizzaxda soxta diplom yasab sotuvchi jinoiy guruh ushlandi
07:21 / 28.10.2022
IT Business magistratura mutaxassisligi bo‘yicha "ikki diplom" xalqaro dasturiga qabul boshlandi
10:16 / 03.10.2022