Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Turkiya va BMT bilan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv imzoladi
Turkiya va BMT bilan xuddi shunday shartnomani Rossiya ham imzolaydi.
Ukraina Istanbulda Turkiya va BMT bilan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv imzoladi, deb xabar berdi «Strana.ua».
Ukraina tomonidan shartnomani mamlakat infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov imzoladi.
Turkiya va BMT bilan xuddi shunday shartnomani Rossiya ham imzolaydi. Buning uchun Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Istanbulga keldi.
U shuningdek, Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan muzokara o‘tkazdi.
Avvalroq Ukraina prezidenti ofisi rahbari Mixail Podolyak Kiyev g‘alla bo‘yicha kelishuvni bevosita Moskva bilan imzolamasligini bildirgandi.
Rossiya va Ukraina bilan kelishuvlarni imzolash uchun BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham Istanbulga keldi.
Mavzuga oid
16:47
Ukraina «Flamingo» raketalari bilan Cheboksarga zarba berdi
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026