O‘zbekiston | 20:26 / 23.07.2022
43429
2 daqiqa o‘qiladi

Sardor Umrzoqovga yordamchi tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Sunnatilla Bekenov Prezident administratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimiga tayinlandi.

Foto: AOKA

22 iyuldagi prezident farmoyishiga asosan, Bekenov Sunnatilla Husanovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining yordamchisi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Sunnatulla Bekenov 1971 yilda Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan.

U 2005 yilgacha “O‘zbekiston Qimmatli qog‘ozlar depozitariysi” davlat korxonasi bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan. 2005-2007 yillarda moliya vaziri o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boshlig‘i, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009 yil iyuldan 2010 yil oktyabrgacha iqtisodiyot vaziri bo‘lgan.

2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi, 2015 yildan 2016 yilning dekabrigacha prezidentning tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2016 yilning dekabrida iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Bekenov 2018 yilning fevralida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, 2019 yilning yanvarida investitsiyalar va tashqi savdo vaziri [o‘sha vaqtdagi vazir Sardor Umrzoqov]ning birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.

2019 yilning sentabridan 2020 yilning dekabriga qadar esa Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori edi.

Ma’lumot uchun, 16 iyulda Sardor Umrzoqov Prezident administratsiyasi rahbari etib tayinlandi. Shu kun holatiga Shavkat Mirziyoyevning administratsiyasi quyidagi mansabdor shaxslardan tarkib topgan edi:

Infografika: "Yuksalish" umummilliy harakati

Mavzuga oid