O‘zbekiston | 13:13 / 26.07.2022
4806
1 daqiqa o‘qiladi

Parlament O‘zbekiston davlat chegarasi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “Davlat chegarasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. 

Foto: Kun.uz

Huquqni qo‘llash amaliyotida paydo bo‘layotgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish, O‘zbekiston hududidagi chegara rejimida jismoniy va yuridik shaxslar huquqlari va majburiyatlarini qonun bilan mustahkamlash maqsadida ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olib hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda mazkur qonun loyihasi ishlab chiqildi

Taklif etilayotgan qonun loyihasi qabul qilinishi davlat chegarasini ishonchli qo‘riqlash va himoya qilishga xizmat qiladi. 

Bahs-munozaralar, savol-javoblardan so‘ng ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Mavzuga oid