O‘zbekiston | 17:28 / 26.07.2022
11750
1 daqiqa o‘qiladi

Zangiotadagi transformatorda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Bek Baraka bozori atrofidagi do‘konlarda katta yong‘in bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: FVV matbuot xizmati

Bugun, 26 iyul kuni soat 16:05 da Toshkent viloyati Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni Toshkent halqa avtomobil yo‘li chetida joylashgan transformatorda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:13 da voqea joyiga yetib borgan, transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmog‘idan uzilgandan so‘ng yong‘in soat 16:21 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida yon-atrofdagi bino inshootlarga zarar yetmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Bildirilishicha, hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid