Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi e’lon qilindi
Joriy yil 29 iyuldan 1 avgustgacha kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlar kuzatilishi ehtimoli bor:
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlari.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mavzuga oid
09:41 / 01.06.2026
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida sel xavfi e’lon qilindi
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
18:52 / 22.05.2026
Hafta oxirida O‘zbekistonning qator hududlarida sel kelishi mumkin
11:44 / 22.05.2026