Toshkentda og‘ir jinoyat sodir etgan uch kishi qidirilmoqda
Toshkent shahar IIBB tomonidan poytaxtda og‘ir jinoyat sodir etib, dastlabki tergovdan yashirinib yurgan uch kishi qidiruvga berildi.
Xususan, 1983 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Jamshid Allaberganov qidirilmoqda.
Agar siz ushbu shaxs haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz quyidagi telefon raqamlariga xabar berish so‘ralgan: 71-281-92-54, 98-124-00-50, 97-710-49-94, 97-156-78-87.
Bir qancha jinoyatlar sodir etib, dastlabki tergovdan yashirinib yurgan 1997 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan Aziz Normatov hamda 1997 yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan Saida’lo Abdujabborov qidirilmoqda.
Agar siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz quyidagi telefon raqamlariga xabar berish so‘ralgan: 71-233-71-47, 71-281-92-54, 98-124-22-26, 90-951-36-64.
“Hurmatli fuqarolar! Agar siz ushbu shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz zudlik bilan yaqin oradagi IIBga yoki “102” raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Maxfiylik kafolatlanadi. Yordamingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid
11:34 / 09.12.2024
“Ozodlikning qadrini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi” - afv etilganlar hikoyasi
11:24 / 06.11.2024
IJQKDning iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi vakolatlari aniqlashtiriladi
11:12 / 29.10.2024
8 yilgacha qamoq jazosi – Jinoyat kodeksiga «lixoradchik»lar uchun alohida modda kiritildi
12:51 / 21.10.2024