Jahon | 14:04 / 30.07.2022
13529
2 daqiqa o‘qiladi

«Gazprom» Latviyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi

«Gazprom» korporatsiyasi iyul oyidagi ariza doirasida Latviyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi, deya xabar qildi kompaniya.

Foto: Getty Images

Rossiyaning «Gazprom» korporatsiyasi Latviyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi. Bu haqda 30 iyul, shanba kuni kompaniya xabar berdi. «Bugungi kunda «Gazprom» YoAJ iyul oyi arizasi doirasida Latviyaga gaz yetkazib berishni to‘xtatdi – gazni tortib olish shartlari buzilganligi sababli», — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Conexus (Conexus Baltic Grid) Latviya gaz uzatish operatori ma’lumotlari ham yetkazib berishning to‘xtatilganligini tasdiqlaydi.

28 iyul, payshanba kuni Latvijas gāze Latviya gaz uzatish tizimining bosh operatori Rossiya gazini xarid qilishni qayta boshlagani ma’lum bo‘ldi. Kompaniya rahbari Aygars Kalvitisning so‘zlariga ko‘ra, xomashyo to‘g‘ridan to‘g‘ri «Gazprom»dan emas, balki boshqa yetkazib beruvchidan xarid qilinadi. Kalvitis tijorat sirini sabab sifatida keltirib, yetkazib beruvchining nomini aytmadi. Latvijas gāze rahbarining so‘zlariga ko‘ra, operatsiyalar yevroda amalga oshirilyapti.

14 iyul kuni Latviya seymi (parlamenti) 2023 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berishni butunlay taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 2021 yilda Riga ushbu xomashyoning qariyb 90 foizini RFdan sotib oldi. 

Moskva talabiga ko‘ra, 1 apreldan boshlab Rossiya hukumati Yevropa ittifoqiga a’zo bo‘lgan ayrim davlatlarni «do‘st bo‘lmagan mamlakatlar» ro‘yxatiga kiritdi, ular shartnomadagi valuta (yevro va dollar)ni majburiy konvertatsiya qilish sharti bilan «Gazprombank» orqali gaz yetkazib berish uchun hisob-kitoblarni rublga o‘tkazgan holda amalga oshirishi kerak, aks holda gaz eksporti to‘xtatiladi. Polsha, Bolgariya, Finlandiya va Niderlandiya allaqachon ushbu shartlarni bajarishdan bosh tortdi.

Mavzuga oid