Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ushbu haftada kuchli issiq kutilmaydi - «O‘zgidromet»
Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va biroz issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Havo harorati kunning ikkinchi yarmida 34-37 daraja issiqqacha ko‘tariladi.
Ertaga Samarqand, Jizzax viloyatlari, respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
1-2 avgustda janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan kuzatilishi mumkin.
Hafta o‘rtasidan O‘zbekiston hududining katta qismida havo ochiq bo‘ladi, faqat respublika tog‘oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati biroz ko‘tariladi va kechalari 20-25 daraja issiq, kunduz kunlari 34-39 daraja issiq atrofida bo‘ladi.
1 avgustda tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.