Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G7 Rossiya neft daromadlarini cheklash yo‘llarini o‘rganmoqda
«Katta yettilik» davlatlari Rossiya neftini tashish xizmatlariga, agar u chegaradan yuqori narxda sotib olinsa, taqiq qo‘yish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deyiladi TIV rahbarlari bayonotida.
«Katta yettilik» (G7) davlatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi natijasida uning energiya tashuvchilar bo‘yicha yuzaga kelgan yuqori narxlardan foyda ko‘rishiga to‘sqinlik qilmoqchi. Buning uchun barcha variantlar, jumladan, neft kelishilgan narxdan yuqori xarid qilinsa, RFdan uni tashishga to‘liq taqiq joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda, deyiladi G7 mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining seshanba, 2 avgust kuni e’lon qilingan qo‘shma bayonotida.
«Biz bir qator yondashuvlarni, jumladan, Rossiya nefti va neft mahsulotlarini dengiz orqali butun dunyo bo‘ylab tashish imkonini beruvchi barcha xizmatlarni to‘liq taqiqlash variantlarini ko‘rib chiqishni davom ettirmoqdamiz. Neft arzon narxda yoki xalqaro hamkorlar bilan maslahatlashuvlar natijasida kelishib olingan narxda sotib olingan holatlar bundan mustasno», — deyiladi hujjatda.
«Yettilik guruhi» mamlakatlari TIV rahbarlari, shu bilan bir qatorda, «eng zaif mamlakatlar»ning Rossiya energetika bozoridan foydalanishini ta’minlash imkonini beruvchi mexanizmlar ko‘rib chiqilayotganini ta’kidladi.
Rossiya neftiga cheklovchi narxlarni joriy etish g‘oyasi iyun oyi oxirida G7 yetakchilari sammitida ilgari surilgan edi. Shu tariqa, «katta yettilik» davlatlari Moskvaning neft sotishdan tushadigan daromadini cheklamoqchi. Germaniya kansleri Olaf Shols «yettilik» rejasini «juda ambitsiyali» va yanada ishlab chiqishni talab qiluvchi reja deb atadi.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026
Sofiya Rossiyaga qarshi yangi cheklovlarga qarshi chiqdi
08:22 / 19.06.2026