Jamiyat | 14:02 / 03.08.2022
7233
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda haydovchining xotini vafot etdi

Xorazm viloyatida yashovchi shaxs Cobalt mashinasi bilan svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Isuzu mashinasining orqa qismidan urilgan.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 28 iyul kuni soat 7:30 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani Tuyoqli mahallasi hududidan o‘tgan 989-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Urganch shahrida yashovchi shaxs Cobalt mashinasi bilan Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotib, svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan Samarqand viloyati Samarqand tumanida yashovchi shaxs boshqaruvida bo‘lgan Isuzu mashinasining orqa qismidan urilgan.

Oqibatda Cobalt haydovchisining turmush o‘rtog‘i og‘ir tan jarohatlari olib, RShTYoIM Jizzax filialiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramasdan ayol vafot etgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Jizzaxda piyodalar yo‘lakchasida VAZ-2107 mashinasi urib yuborgan 9 yoshli bola vafot etgandi.

Mavzuga oid