Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabar berişiça, 2022 yil 20 iyul kuni soat 10:00 larda 4R-40 Daştobod-Ğallaorol avtomobil yölining 46-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Zomin tumani Uvol qişloğida yaşovçi şaxs VAZ-2107 maşinasi bilan Zomin yönalişi böyiça boşqarib ketayotib, yölning piyodalar yölakçasidan ötayotgan Ğallakor mahallasida yaşovçi maktab öquvçisini urib yuborgan.

Oqibatda, 9 yoşli bola oğir tan jarohatlari olib, RŞTYoIMning Jizzax filialiga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzaxda piyodani urib yuborgan haydovçi qoçib ketgan, oqibatda, 71 yoşli jabrlanuvçi vafot etgandi.