Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida ekologik reyd boshlandi
Bugun, 9 avgust kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi tashabbusi bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan ekologik reydga start berildi.
Foto: Ekologiya qo‘mitasi
Qo‘mita xabariga ko‘ra, ekologiya, Milliy gvardiya, ichki ishlar xodimlaridan iborat ekopatrul inspektorlariga hududlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar tushuntirildi.
Ekologik reydlar jarayonida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonun talablari bajarilishini ta’minlash, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirish borasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilishi yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.
Kun davomida qilinadigan ishlar rejalashtirilib, ekologik nazorat reyd tadbirlarini samarali bir tarzda o‘tkazish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Ayni paytda poytaxtda hamkorlikda nazorat reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Bundan oldin Chilonzor tumani Chilonzor ko‘chasi avtomobillar harakati uchun kengaytirilishi asnosida aksariyat emanlardan iborat daraxtlar ildizlarining bir qismi qo‘porib tashlangani jamoatchilik o‘rtasida norozilik uyg‘otgandi.
Daraxtlar qirg‘inga uchragan joydan reportaj tayyorlagan Kun.uz muxbiri birlamchi taftish chog‘ida yo‘l bo‘yida qad rostlagan daraxtlarning kamida 7 tasi jiddiy zararlangani, 99 ta daraxtda shikastlanish xavfi borligi aniqlangani haqida xabar bergandi.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga asosan Chilonzor tumani hokimi Sh.Mavlonov hamda tuman prokurori I.Bozorov lavozimidan ozod etilgan. Shu bilan birga, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun poytaxt hokimi J.Ortiqxo‘jayevga va prokurori U.Qosimovga qattiq hayfsan berilgan.
Mavzuga oid
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
08:18 / 09.02.2026
Surxondaryoda ekologiya bo‘limi rahbari 500 dollar pora bilan ushlandi
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
13:01 / 03.02.2026