Ma’lum qilinişiça, 26 fevraldan boşlab respublika hududlarida yöl bezoriligi va yöl harakati qoidalarining qöpol buzilişlarini oldini olişga qaratilgan kuçaytirilgan reyd tadbirlari ötkazilmoqda.
Monitoring guruhlari tomonidan xavfli va agressiv tarzda avtomobil boşqarayotgan 31 nafar haydovçi aniqlangan, şuningdek ular töplanadigan 33 ta köça va joy belgilangan. Internet tarmoqlarida esa yöl bezoriligi holatlarini aks ettiruvçi 391 ta videorolik aniqlangan.
Tahlillar natijasida 338 nafar haydovçiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan, 296 ta avtomobil esa jarima maydonçasiga joylaştirilgan. Şuningdek, xavfli haydovçilik va noqonuniy poygalarni tarğib qiluvçi 19 ta akkaunt faoliyati töxtatilgan.
Reyd tadbirlari davomida jami 16 845 ta qöpol qoidabuzarlik aniqlangan. Qoidabuzarlar orasida 101 ta holatda voyaga yetmagan şaxslar iştirok etgani qayd etilgan.
Bundan taşqari, avtomobillarga tyuning işlarini amalga oşiruvçi avtoservis va ustaxonalar rahbarlari bilan profilaktik suhbatlar ötkazilgan.
Keçasi ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida 75 ta holatda narkotik va psixotrop moddalar bilan boğliq holatlar, şuningdek 1 024 ta holatda ötkir kesuvçi buyumlarni noqonuniy olib yuriş holatlari aniqlangan.
Ma’lum qilinişiça, yöllarda xavfli harakatlarning oldini oliş va tartibni ta’minlaşga qaratilgan bunday tadbirlar izçil davom ettiriladi.












