Maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilar soni 6 milliondan oshdi
Maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning 51,3 foizini o‘g‘il bolalar tashkil etgan.
2020-2021 o‘quv yili boshiga respublikadagi umumta’lim muassasalarida jami 6,3 mln nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami o‘quvchilarning 3,2 mln nafari (51,3 foiz)ni o‘g‘il bolalar tashkil etadi, qiz bolalar soni esa 3,1 mln nafar (48,7 foiz)ga teng bo‘lgan.
Bundan oldin doimiy aholining necha foizi mehnatga layoqatli ekani ma’lum qilingandi.
1 iyul holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi yosh guruhlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha: mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar – 31,6 foiz; mehnatga layoqatli yoshdagilar – 57,2 foiz; mehnatga layoqatli yoshdan kattalar – 11,2 foiz.
Mavzuga oid
17:21 / 09.09.2024
“10 kunda 300 ming so‘mni 1 mln qilib qaytarasan” – Andijonda o‘quvchi maktabdoshini kaltakladi
14:04 / 19.06.2024
O‘quvchilarni akademik litseylarga qabul qilish tartibi yangilandi
09:16 / 25.05.2024
Navoiyda dars paytida cho‘milishga borgan o‘quvchi cho‘kib ketdi
12:12 / 20.05.2024