Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ShHT iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
Toshkentda ShHTning navbatdagi iqtisodiy forumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Joriy yil 16-17 avgust kunlari O‘zbekistonning Shanhay hamkorlik tashkilotiga raisligi doirasida Toshkent shahrida ShHT II iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Forumda ishtirokchilar o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi, ShHT makonida aloqalarni kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqadi.
Tadbirlarda yalpi majlislar, shu’ba sessiyalari, ikki tomonlama uchrashuvlar, B2B muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Forum tadbirlarga boy kun tartibida raqamli iqtisodiyot, “yashil” texnologiyalar, hududlararo hamkorlik, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi sheriklik salohiyati ochib berilishi kutilmoqda.
ShHT iqtisodiy forumi nafaqat hukumatlararo muloqotni yo‘lga qo‘yish, balki ishbilarmon doiralar va korxonalar vakillari o‘zaro hamkorligi, ShHT makonidagi hududlarga investorlarni jalb etish uchun samarali platformaga aylanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot o‘rnida, birinchi forum 2021 yil 23-24 iyun kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
22:23 / 14.05.2026
Osiyo xotin-qizlar II forumida Buxoro deklaratsiyasi qabul qilindi
19:30 / 14.05.2026