O‘zbekiston | 10:21 / 12.08.2022
4430
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2022 yil yanvar-iyun oylarida ishsizlik darajasi 8,8 foizni tashkil etib, o‘tgan yil shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaydi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yil 1 iyun holatida mehnat resurslari soni 19,4 mln kishini tashkil etib, 2021 yil shu davriga nisbatan 0,8 foizga yoki 153,7 ming kishiga oshgan.  

Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,7 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 1,9 foizga yoki 261,3 ming kishiga oshgan.  

1 iyun holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 mln kishini tashkil qilib, 2021 yil shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 4,1 foizga yoki 240,6 ming kishiga oshgani kuzatilgan.

Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,6 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 8,2 foiz yoki 507,5 ming kishiga kamaygan.

Xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketganlar 2 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yil mos davriga nisbatan 528,2 ming kishiga oshishi norasmiy bandlarni kamayishiga sabab bo‘lgan.

O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishga muhtoj bo‘lganlar umumiy soni 1,3 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 8,8 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi 14,5 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa 12,8 foiz bo‘ldi.

Mavzuga oid