Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabariga köra, 2022 yil 1 iyun holatida mehnat resurslari soni 19,4 mln kişini taşkil etib, 2021 yil şu davriga nisbatan 0,8 foizga yoki 153,7 ming kişiga oşgan.
Iqtisodiyot tarmoqlarida band bölganlar soni 13,7 mln kişini taşkil etib, ötgan yil mos davriga nisbatan 1,9 foizga yoki 261,3 ming kişiga oşgan.
1 iyun holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6 mln kişini taşkil qilib, 2021 yil şu davriga nisbatan yuridik şaxslarda band bölganlar soni 4,1 foizga yoki 240,6 ming kişiga oşgani kuzatilgan.
Norasmiy sektorda band bölganlar soni 5,6 mln kişini taşkil etib, ötgan yilga nisbatan 8,2 foiz yoki 507,5 ming kişiga kamaygan.
Xorijiy davlatlarga işlaş uçun ketganlar 2 mln kişini taşkil etib, ötgan yil mos davriga nisbatan 528,2 ming kişiga oşişi norasmiy bandlarni kamayişiga sabab bölgan.
Ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, işga muhtoj bölganlar umumiy soni 1,3 mln kişini, işsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 8,8 foizni taşkil etdi. 16-30 yoşgaça bölganlar orasida işsizlik darajasi 14,5 foiz, ayollar orasida işsizlik darajasi esa 12,8 foiz böldi.











