O‘zbekiston | 10:29 / 18.08.2022
4154
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in yuz berdi

Bugun, 18 avgust kuni soat 09:40 da Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Qori Niyoziy ko‘chasida joylashgan 8-qavatli uy 5-qavatida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Videodan kadr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 09:45 da yetib borib, yong‘in soat 09:56 da qurshab olingan va soat 09:58 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida xonadon ayvon (balkon) qismi taxminan 18-20 kvadrat metr maydonda ichki, shift qismi va uy-jihozlari yonib zararlangan. Qutqaruvchilar harakatlari natijasida yong‘in qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishi oldi olingan.

Yong‘in oqibatida fuqarolarni tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid