Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga AQSh Kongressi delegatsiyasi keldi
20 avgust kuni AQSh Kongressi delegatsiyasi O‘zbekiston-Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keldi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, delegatsiya tarkibida AQSh Kongressidagi «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» hamraisi, Missisipi shtatidan respublikachi kongressmen Trent Kelli va vakillar Palatasi a’zosi, Illinoys shtatidan respublikachi kongressmen Derin Lahud va boshqa xodimlar bor.
Amerikalik mehmonlar O‘zbekistonga tashrifi davomida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbariyati, shuningdek, respublika vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, delegatsiya mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosi bilan ham tanishadi.
Qayd qilish joizki, ushbu tashrif AQSh Kongressi a’zolarining 2017 yildan buyon O‘zbekistonga yettinchi safari bo‘ladi. O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlarning har ikkala partiyasi (respublikachilar va demokratlar) delegatsiyasi ikki marta O‘zbekistonga kelgan, ulardan biriga Nyu-Yorklik demokrat kongressmen, Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Gregori Miks boshchilik qilgan edi.
Mavzuga oid
08:49
Isroil vazirining videosi YI va AQSh tanqidiga uchradi
22:52 / 20.05.2026
AQSh Raul Kastroga sirtdan jinoiy ayblov e’lon qildi
20:14 / 20.05.2026
AQSh va Isroil Eronda sobiq prezident Ahmadinajodni hokimiyatga olib kelmoqchi edi – OAV
18:15 / 20.05.2026