Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
23 avgustga qadar kassa cheklarini tahrirlashga ruxsat beriladi
2022 yil o‘tgan davri uchun shu yil 23 avgustga qadar my.soliq.uz orqali kassa cheklarini tahrirlashga ruxsat beriladi.
Davlat soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu tadbirkorlik sub’yektlari ko‘p sonli murojaatlarini inobatga olgan holda «Soliqchi-ko‘makchi» tamoyili asosida takroran amalga oshiriladi.
Xarid summasining 1 foizi qaytarilgan (keshbek) cheklar bunda mustasno.
My.soliq.uz saytidagi soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetida «YuSh onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari» sahifasidan «Tahrirlash» bo‘limi tanlanadi.
Tahrirlashda tuzatilgan (yangilangan) ma’lumotlar kiritilishi kerak: mahsulot nomi; miqdori; summasi; QQS; mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK); o‘lchov birligi; komitent STIRi.
Shundan so‘ng holat yuzasidan tushuntirishni ilova qilish kifoya. QQS hisoblashda tiyin nuqta orqali kiritiladi, chek summasi o‘zgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi. Yakuniy bosqich – «Yuborish» tugmasini bosish.
Mavzuga oid
09:20 / 29.06.2026
Endi cheklarni «Soliq» ilovasiga yuklaganlar avtomobil yutib olishi mumkin
09:03 / 28.05.2026
Hukumat nazorat-kassa tizimi bo‘yicha yangi o‘zgartishlar tayyorlamoqda
10:34 / 06.12.2025
«Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishi va markaziy metro bekatlarida kassalar yopiladi
23:50 / 31.10.2025