Tölov tizimida şaffoflikni ta’minlaş, xizmat körsatiş sifatini oşiriş hamda elektron tölovlarga rağbatlantiriş maqsadida naqd pul bilan amalga oşirilayotgan tölovlar uluşi past bölgan «Yer usti halqa yöli» yönalişidagi barça 14 ta bekatda, şuningdek «Paxtakor» va «Alişer Navoiy» metro bekatlarida 2025 yil 9 dekabrdan boşlab kassalar faoliyati töxtatiladi.

Ma’lumotlarga köra, uşbu bekatlarda an’anaviy kassalar örnini yangi zamonaviy QR-kodli çiptalar beruvçi apparatlar — infokioskalar egallamoqda.

Infokioskalarning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

naqd pul aylanişini kamaytiriş orqali tölovlarning şaffofligi va xavfsizligini oşiriş;
çipta xarid qiliş jarayonini tezlaştiriş, navbatlarni qisqartiriş hamda yölovçilar vaqtini tejaş;
QR-kod asosidagi çiptalarni mobil telefon orqali yoki çop etilgan kvitansiya şaklida qöllaş imkoniyati.

Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, bunday infokioskalar joriy etilişi tölov tizimini raqamlaştiriş, xizmat körsatiş madaniyatini oşiriş va poytaxt jamoat transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilişga xizmat qiladi.