Jahon | 08:09 / 22.08.2022
19025
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yuz bergan YTH oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi 

Ulyanovsk oblastining Nikolayevskiy tumanida mikroavtobus va ikkita yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Viloyat gubernatori ma’lumotlariga ko‘ra, avtohalokatda jabrlangan uch kishining ahvoli og‘ir.

Foto: azertag

Ulyanovsk oblastida 21 avgust, yakshanba kuni mikroavtobus va ikkita yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Nikolayevskiy tumanining Nikolayevka qishlog‘i yaqinida M-5 Ural yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati. IIV oblast boshqarmasi xabariga ko‘ra, yuk mashinalaridan birining haydovchisi o‘z vaqtida tezligini pasaytirmagan va mikroavtobusga borib urilgan. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan, deb xabar berildi Ulyanovsk oblasti hukumati saytida. Tergovchilar mazkur holat yuzasidan «Yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. 

Ulyanovsk oblasti gubernatori Aleksey Russkixning so‘zlariga ko‘ra, YTHda jabrlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda, Nikolayev tumani shifoxonasi shifokorlari ularning hayoti uchun kurashmoqda. «Barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Biz bemorlarni Ulyanovsk shahrida joylashgan viloyat ixtisoslashtirilgan travmatologiya markaziga o‘tkazish uchun tayyorlayapmiz», deb yozdi viloyat rahbari o‘zining Telegram-kanalida. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid