Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubaydagi yana bir basseyn Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi
Uning suv sig‘imi 14 million litr bo‘lib, bu oltita olimpiya basseyniga teng. Basseynning chuqurligi 60 metrni tashkil etadi.
Dubayda yangi qurib bitkazilgan Deep Dive Dubai basseyni dunyodagi eng chuqur basseyn sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.
Uning suv sig‘imi 14 million litr bo‘lib, bu oltita olimpiya basseyniga teng. Basseynning chuqurligi 60 metrni tashkil etadi.
Deep Dive Dubai suv ostidagi ulkan shaharni eslatadi va tashrif buyuruvchilar xavfsizligini ta’minlash uchun 56ta kamera, zamonaviy yoritish va tovush tizimlari bilan jihozlangan.
Bu yerda suv ostida suzishdan tashqari, basseyn tubida shaxmat va stol futboli o‘ynash mumkin.
Basseyndagi suv harorati 30 darajani tashkil etadi.
Bu yerga faqat 10 yoshdan kattalar kirishi mumkin.
U Dubaydagi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan yagona basseyn emas. O‘tgan yili amirlikda dunyodagi eng baland panoramali basseyn paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid
17:24 / 21.05.2026
Dubayga olib ketilayotgan qariyb 2 kg oltin to‘xtatib qolindi
14:13 / 04.05.2026
Dubayda ko‘chmas mulk orqali yashash uchun ruxsatnoma olishdagi minimal investitsiya miqdori bekor qilindi
19:38 / 02.05.2026
BAA havo hududini to‘liq ochganini e’lon qildi
08:40 / 31.03.2026