Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh harbiy kadrlar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Milliy gvardiya qo‘mondonining AQSh Kongressi vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
23 avgust kuni Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor Rustam Jo‘rayevning kongressmen Trent Kelli va Darin Laxud boshchiligidagi AQSh Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasining AQSh tomoni bilan harbiy hamkorligi, AQSh Missisipi shtati Milliy gvardiyasi bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish muhokama qilindi.
Shu yil mart oyida AQShning Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor J.Boylzning O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni general-mayor R.Jo‘rayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi.
O‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida shu kunga qadar bir qator o‘quvlar va amaliy treninglar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani, Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari AQSh mutaxassislari ishtirokidagi o‘quv kurslari va seminarlarda malaka oshirgani ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv davomida jamoat tartibini saqlash, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar oldini olish, harbiy kadrlarni tayyorlash sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026