Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuridik texnikumlarga test sinovlari 25 avgustda o‘tkaziladi
2022/2023 o‘quv yili uchun Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2022 yil 25 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi ochiq maydonlarda tashkil etiladi.
Abituriyentlardan test o‘tkaziladigan hududga (ruxsatnomada ko‘rsatilgan) belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda test sinovida ishtirok etish ruxsatnomasi bilan kelishi so‘ralgan.
Yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish 20 avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tdi.
O‘qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki DTM rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
11:44 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 14 ta “yashil” texnikum ochiladi
18:59 / 06.03.2026
Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 barobar oshiriladi
10:03 / 12.02.2026