O‘zbekiston | 11:19 / 27.08.2022
13530
1 daqiqa o‘qiladi

Amir Temur xiyobonida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar Amir Temur xiyobonida o‘zaro janjallashayotganligi aks etgan video tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Joriy yilning 26 avgust kuni taxminan soat 20:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani, O‘zbekiston ovozi ko‘chasidagi avtomobillar yuvish shoxobchasi oldida fuqarolar o‘rtasida mojaro yuz bergan.

Qayd etilishicha, 2003 yilda tug‘ilgan T.T. va voyaga yetmagan 2006 yilda tug‘ilgan A.A. o‘zaro og‘zaki janjallashgan. Shu yerda bo‘lgan boshqa fuqarolar ularni ajratgan. Janjal natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.    

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid