O‘zbekiston | 09:41 / 27.08.2022
12442
2 daqiqa o‘qiladi
Haydovchilar YTH bo‘yicha hodisa xabarnomasini IIB xodimlarisiz tuzishi mumkin
Haydovchilar yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha IIB xodimlarisiz hodisa to‘g‘risidagi xabarnomani tuzishi mumkin. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali yozmoqda.
Qayd etilishicha, xabarnomani tuzish uchun bir vaqtning o‘zida quyidagilar asos bo‘ladi:
- jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
- ishtirokchilardan biri o‘z aybiga iqror bo‘lganida;
- hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
- hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida bo‘lganida;
- ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sug‘urta qilingan bo‘lsa;
- haydovchilik guvohnomasi, ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ishonchnoma, yo‘l varaqasi mavjudligi;
- haydovchilar mast bo‘lmasa;
- transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.
Xabarnoma hodisa sodir bo‘lgan joyda darhol ikki nusxada tuziladi. Xabarnoma quyidagi hujjatlar bilan 3 ish kunida sug‘urtalovchilarga yuboriladi:
- hodisa joyining, transportlarning fotosurati;
- haydovchilarning sug‘urta hodisasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etish to‘g‘risidagi arizalari;
- haydovchilarning mastligini aniqlash to‘g‘risidagi bayonnoma;
- haydovchilarning hujjatlari, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik haqidagi hujjatlarning ko‘chirma nusxalari, sug‘urta polisining ko‘chirma nusxalari.
Mavzuga oid
07:30 / 05.11.2024
Qozog‘istonda o‘zbekistonlik haydovchiga jarohat yetkazgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11:30 / 01.11.2024
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar o‘zaro janjallashdi
12:14 / 11.10.2024
“Yana nechta bola yo‘llarda o‘lishi kerak?” – ko‘paygan avariyalar haqida katta suhbat
13:45 / 09.10.2024