O‘zbekiston | 11:29 / 27.08.2022
8854
2 daqiqa o‘qiladi

«Integral» kompaniyasi O‘zbekistonda mikrochiplar ishlab chiqarmoqchi

O‘zbekiston va Belarus bosh vazirlari o‘rinbosarlari mamlakatda tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligi texnikasi, diodlar, mikroelektronika, mikrochiplar ishlab chiqarishni tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi.

Foto: Dunyo

Minsk shahrida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Pyotr Parxomchik bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekistonda maxsus tog‘-kon va qishloq xo‘jaligi texnikalarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish ko‘rib chiqildi. Muzokaralarni tezlashtirish va loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash kelishuviga erishildi.

Sanoat kooperatsiyasi va investitsiya hamkorligiga istiqbolli yo‘nalishlar sifatida urg‘u berildi. Yangi loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi. 

«Energokomplekt» kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida o‘tkazgichli kabel mahsulotlar ishlab chiqarish, «Plonar» kompaniyasi bilan diodlar ishlab chiqarish va tajriba almashish, «Integral» kompaniyasi bilan mikroelektronika va mikrochiplar ishlab chiqarishni tashkil etish muhokama qilindi.

Muzokaralar jarayonida mebel sanoati sohasidagi hamkorlikka alohida to‘xtalib o‘tildi. Tomonlar kooperatsiya imkoniyatlarini o‘rganishga hamda tahlil asosida qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqishga kelishib oldi.

Mavzuga oid