Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Nexperia bo‘yicha vaziyat sabab Niderlandiyani «xaos»da aybladi
Pekin Niderlandiyani kompaniyalarning ichki ishlariga aralashmaslikka va Nexperia masalasini konstruktiv hal etishga chaqirdi. Bundan oldin YeI Nexperia bo‘yicha muzokaralarda siljish borligini ma’lum qilgan edi.
Xitoy Niderlandiyani mikrosxema sanoati va ta’minot zanjirlarida «xaos va beqarorlik» uyg‘otishda aybladi. Bunga Niderlandiyaning mikrochip ishlab chiqaruvchi Nexperia ustidan nazoratni o‘z qo‘liga olishi sabab bo‘lgan. XXR Tijorat vazirligi 4 noyabr kuni Niderlandiya «yakka tomonlama harakat qilgani»ni bildirdi va bu mamlakat hukumatini kompaniyalarning ichki ishlariga aralashmaslikka hamda Nexperia bo‘yicha konstruktiv yechim topishga chaqirdi.
«Niderlandiya holatni tuzatish uchun aniq qadamlar qo‘ymasdan, o‘zining kursini davom ettirmoqda, bu esa mikrosxemalarning global ta’minot zanjirlari uchun muqarrar oqibatlarga olib keladi, — deyiladi Xitoy Tijorat vazirligi bayonotida. — Na Xitoy, na sanoat buni istaydi».
O‘z navbatida Niderlandiya hukumati vakili Reuters agentligiga shunday dedi: «Biz Nexperia va iqtisodimiz uchun maqbul yechim topish maqsadida Xitoy rasmiylari va xalqaro sheriklarimiz bilan aloqada qolamiz».
Niderlandiya hukumati o‘tgan oy Nexperia kompaniyasi ustidan nazoratni qo‘lga oldi. Bu qadam kompaniya texnologiyalarining uning Xitoydagi tuzilmasi - Wingtech'ka o‘tib ketishi ehtimolidan xavotir bilan izohlangan.
Elektronika sanoati uchun katta hajmda bazaviy mikrochiplar ishlab chiqaradigan Nexperia atrofidagi nazorat yuzasidan mojaro ta’minotda uzilishlarga olib keldi va dunyo avtosanoati vakillarini tashvishga soldi.
Bundan avval YeIning savdo bo‘yicha yevrokomissari Marosh Shefchovich X ijtimoiy tarmog‘ida Nexperia bo‘yicha vaziyatni barqarorlashtirishda olg‘a siljish borligini bildirgan edi. Uning aytishicha, bu «mikrosxemalar ta’minot zanjirlarini tiklash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega» qadamdir.
Shefchovich qo‘shimcha qilishicha, Yevroittifoq chiplar ishlab chiqarish sohasida eksport cheklovlarini joriy qilmagan holda barqarorlikka intilmoqda.
Mavzuga oid
21:17 / 07.06.2026
Xitoy dunyodagi eng yirik astronomiya markazini qurishni rejalashtirmoqda
17:17 / 07.06.2026
“Asirlarning kalla suyagini eksponat qilishgan” – o‘zbeklar ko‘milgan Amersfortdagi o‘lim lageri
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
08:35 / 05.06.2026