Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Nexperia bo‘yicha muzokaralarda siljish borligini xabar qildi
Yevropa komissiyasiga ko‘ra, Nexperia kompaniyasi masalasida Xitoy va Niderlandiya bilan muzokaralar olg‘a siljidi. Avvalroq Niderlandiya kompaniya faoliyatini davlat nazoratiga olgan edi.
Nexperia kompaniyasi ofisi Foto: Marcel Krijgsman/ANP/picture alliance
Niderlandiyaning mikrochip ishlab chiqaruvchi Nexperia kompaniyasi kelajagi bo‘yicha muzokaralar olg‘a siljiyapti, deb bayonot berdi Yevropa komissiyasi (YeK). «Nexperia masalasidagi o‘zgarishni olqishlayman — bu yarimo‘tkazgichlar ta’minot zanjirlarini tiklash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega», — deb yozdi savdo bo‘yicha yevrokomissar Marosh Shefchovich 3 noyabr kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
U, shuningdek, YeK Niderlandiya hukumati hamda Xitoy bilan yaqin hamkorlik qilayotganini, «eksport nazoratini joriy etmasdan uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlash ustida ish davom etayotganini» qo‘shimcha qildi.
13 oktyabr kuni Niderlandiya Nexperia (Xitoyning Wingtech kompaniyasiga tegishli) tomonidan Niderlandiyada ham, Xitoy Xalq Respublikasida ham amalga oshirilayotgan operatsiyalarni davlat nazoratiga oldi. Bunga javoban Wingtech rahbariyati mikrochiplarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlab chiqaradigan Nexperia’ning Xitoy bo‘linmasiga tashqi ko‘rsatmalarni e’tiborsiz qoldirishi mumkinligini ma’lum qildi. Xitoy hokimiyati esa Nexperia mahsulotlarini maxsus ruxsatnomasiz eksport qilishni taqiqladi.
Nexperia — avtomobil sanoati, iste’mol elektronikasi va boshqa tarmoqlarda qo‘llanadigan katta hajmli mikrosxemalar ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya atrofidagi nizo ta’minotda uzilishlarga sabab bo‘ldi, deb yozadi Reuters agentligi.
https://www.dw.com/ru/es-soobsil-o-progresse-v-peregovorah-po-nexperia/a-74604950
Mavzuga oid
14:43
RF Yevropa sudiga da’volar kiritgan NNTni “nomaqbul” deb e’lon qildi
14:25 / 15.12.2025
Amsterdamda TSAHAL kantori chiqishiga qarshi namoyishda 22 kishi ushlandi
13:53 / 11.12.2025
Polshadagi NATO havo himoyasi missiyasi Niderlandiyaga topshirildi
09:09 / 08.11.2025