Jahon | 13:07 / 29.08.2022
8012
2 daqiqa o‘qiladi

BMT bosh kotibi Guterrish yadroviy sinovlarni taqiqlashga chaqirdi

Yadro quroli na g‘alabani, na xavfsizlikni kafolatlamaydi, dedi Antoniu Guterrish. U jahon hamjamiyatini yadroviy sinovlarga abadiy chek qo‘yishga chaqirdi.

Foto: Reuters

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish jahon hamjamiyatini yadro qurolidan voz kechishga chaqirdi. «Yadro qurollari uzoq vaqtdan beri dunyoni garovda ushlab turibdi. Bu halokatli qurilmalar na g‘alabani, na xavfsizlikni kafolatlamaydi. Keling, yadro sinovlari abadiy to‘xtab qolishiga, yadro quroli esa tarixning bir qismiga aylanishiga ishonch hosil qilaylik», - deb yozdi u 29 avgust, dushanba kuni Twitter’dagi mikroblogida.

Avvalroq Qo‘shma Shtatlar BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (YaQsh)ni ko‘rib chiqish konferensiyasini buzganlikda Rossiyani ayblab, Moskvani yakuniy hujjatni «bema’ni bloklashda» ayblagan edi. «Ko‘p haftalar davom etgan shiddatli, ammo samarali muzokaralardan so‘ng, Rossiya yakka o‘zi yakuniy hujjat bo‘yicha konsensusga to‘sqinlik qilishga qaror qildi», dedi AQSh Davlat departamenti vakili. 

Konferensiya ishtirokchilari Zaporijjya AES hududidagi jangovar harakatlardan jiddiy xavotir bildirgan va Ukraina tomonidan ZAES ustidan nazorat yo‘qotilgan hamda u bilan bog‘liq xavfsizlikka tahdidlarni tanqid qilgan hujjatning qismlari Rossiyani qoniqtirmadi.

ZAES ko‘p kundan beri o‘qqa tutilyapti. Rossiya va Ukraina sodir bo‘layotgan voqealar uchun bir-birini javobgar deb hisoblaydi. AEXA delegatsiyasi Zaporijjya AESni tekshirish uchun Zaporijjyaga jo‘nab ketmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid