AQŞ va Eron delegatsiyalari Tehronning yadro dasturi böyiça navbatdagi muzokaralar raundini Jyenevada yakunladi. Bu haqda 26 fevral, payşanba kuni keçqurun Vaşington va Tehron delegatsiyalari örtasida vositaçi bölib kelayotgan Ummon vakillari ma’lum qildi.
«Biz AQŞ va Eron örtasidagi muzokaralarda sezilarli taraqqiyotdan keyin kunni yakunladik», — dedi Ummon taşqi işlar vaziri Badr al-Busaidiy. U şuningdek kelasi hafta Venada muzokaralarning «texnik darajada» yangi bosqiçi bölib ötişini qöşimça qildi.
AQŞ delegatsiyasi tarkibiga Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff va prezidentning kuyovi Jared Kuşner kirdi. Uçraşuvda Eron tomonidan mamlakat taşqi işlar vaziri Abbos Aroğçi iştirok etdi.
Axios yozişiça, tomonlar 26 fevral kuni ertalab va keçqurun ikki sessiyada muzokara olib borgan. Naşr ma’lumotiga köra, ertalabki uçraşuvdan keyin Amerika delegatsiyasi «hafsalasi pir bölgan», biroq keçki yiğilişni Uitkoff va Kuşner «ijobiy» deb baholagan.
Qatarning «Al-Jazira» telekanali ma’lumotiga köra, ertalabki majlis vaqtida Eron AQŞ bilan yadro kelişuvi böyiça öz loyihasini taqdim etgan. Naşr manbalari aytişiça, Tehron uranni boyitişni faqat vaqtinça töxtatişga tayyor va yadro obektlarini demontaj qilişdan boş tortmoqda. Eron hukumati uran zaxiralarini past darajagaça qisqartirişga va yadro obektlariga AEXA (Atom energiyasi xalqaro agentligi) vakillarini kiritişga tayyor.
CNN muxbirining, eronlik delegatsiyaga yaqin manbalarga tayanib xabar berişiça, Eron AQŞ bilan faqat barça Amerika sanksiyalari va BMT Xavfsizlik kengaşi rezolyutsiyalari bekor qilingan taqdirdagina kelişuvga borişga tayyor. Avvalroq şu mazmundagi bayonotni mamlakat taşqi işlar vaziri örinbosari Majid Taxt-Ravançi ham bergan edi.


















