Samsung buklama planshetlar ishlab chiqarishda muammolarga duch keldi
Kompaniya Galaxy Z Fold va Galaxy Z Flip buklama smartfonlarini ishlab chiqarishda ultrayupqa shishadan (UTG) foydalanadi, ammo u katta ekranli qurilmalar uchun mos kelmaydi.
Samsung buklama planshetlar ishlab chiqarishda muammolarga duch kelmoqda, deb xabar berdi The Elec nashri.
Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, kompaniya hozirda Galaxy Z Fold va Galaxy Z Flip buklama smartfonlarini ishlab chiqarishda ultrayupqa shishadan (UTG) foydalanadi, ammo u katta ekranli qurilmalar uchun mos kelmaydi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, OLED-displeyli buklama planshet va noutbuklarda UTG tashqi ta’sirlarga dosh berolmaydi.
Buklama smartfonlar ekrani diagonali 7-8 dyuymni tashkil etadi, planshet va noutbuklar displeyi esa 10-20 dyuymga teng. Shu bois Samsung injyenerlari yangi material qidirishiga to‘g‘ri keladi.
Insayderlarning bildirishicha, kompaniya shaffof poliimid plyonkadan foydalanishi mumkin. Samsung 2019 yilda chiqarilgan dastlabki Galaxy Fold smartfonida ushbu materialdan foydalangan, keyinchalik undan voz kechgandi.
Mavzuga oid
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
19:00 / 29.08.2024