Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX Zangiota tumani hokimligi xodimini qo‘lga oldi
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimligi xodimini qo‘lga oldi. Bu haqda DXX taqdim etgan ma’lumotda aytilgan.
Zangiota tumani hokimligi xodimi 2 nafar fuqaroni Qirg‘izistondagi oliy o‘quv yurtida o‘qishlari haqida soxta hujjatlar tayyorlab, so‘ngra ularning o‘qishlarini poytaxt oliygohlaridan biri 2-bosqichiga ko‘chirib berish evaziga 18 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Xorijiy davlatlardagi OTMga o‘qishga kirishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanuvchi, Toshkent shahridagi MChJ rahbari Qozog‘iston fuqarosi bilan kelishgan holda 2 nafar fuqaro ishonchiga kirib, ularning Qozog‘istondagi oliygohlardan biri 1-bosqichini tamomlagani haqidagi hujjatni tayyorlab berish evaziga har biridan 15 mln so‘mdan pul talab qilgan.
U MChJ hisob raqamiga umumiy 9 mln so‘m, Qozog‘iston fuqarosi nomiga 1900 AQSh dollari o‘tkazilgani to‘g‘risida 4 dona kvitansiyani qabul qilib olgan vaqtida, DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi va IJQK departamenti shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlandi.
DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi departament Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda poytaxtdagi nufuzli oliygohlardan birining 3-bosqich talabasi 2 nafar fuqarodan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtda ushlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, u Qozog‘iston oliygohlaridan biri 2-bosqichini tamomlagani haqida soxta hujjat olib berib, mazkur hujjat orqali Toshkent shahridagi xususiy universitet 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yishini va’da qilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:39 / 06.01.2026
Qo‘qon va Farg‘onada “opiy” va “gashish”ning katta partiyalari musodara qilindi
14:08 / 28.12.2025
Qoraqalpog‘istonda soliq boshqarmasi ikki xodimi ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:59 / 20.12.2025