Zangiota tumani hokimligi xodimi 2 nafar fuqaroni Qirğizistondagi oliy öquv yurtida öqişlari haqida soxta hujjatlar tayyorlab, söngra ularning öqişlarini poytaxt oliygohlaridan biri 2-bosqiçiga köçirib beriş evaziga 18 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Xorijiy davlatlardagi OTMga öqişga kirişga kömaklaşiş bilan şuğullanuvçi, Toşkent şahridagi MÇJ rahbari Qozoğiston fuqarosi bilan kelişgan holda 2 nafar fuqaro işonçiga kirib, ularning Qozoğistondagi oliygohlardan biri 1-bosqiçini tamomlagani haqidagi hujjatni tayyorlab beriş evaziga har biridan 15 mln sömdan pul talab qilgan.
U MÇJ hisob raqamiga umumiy 9 mln söm, Qozoğiston fuqarosi nomiga 1900 AQŞ dollari ötkazilgani töğrisida 4 dona kvitansiyani qabul qilib olgan vaqtida, DXX Toşkent şahar böyiça boşqarmasi va IJQK departamenti şahar boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi.
DXX xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament Toşkent şahar boşqarmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan yana bir tezkor tadbirda poytaxtdagi nufuzli oliygohlardan birining 3-bosqiç talabasi 2 nafar fuqarodan 2 ming AQŞ dollari olgan vaqtda uşlandi.
Ma’lum bölişiça, u Qozoğiston oliygohlaridan biri 2-bosqiçini tamomlagani haqida soxta hujjat olib berib, mazkur hujjat orqali Toşkent şahridagi xususiy universitet 2-bosqiçiga öqişga kiritib qöyişini va’da qilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.











